Bogʻot tumanidagi 14-musiqa va sanʼat maktabi binosida tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda mazkur tuzilmalarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda tuman prokurori oʻrinbosari, 1-darajali yurist Umrbek Abdullaevning maʼruzasi tinglandi. Surishtiruv va dastlabki tergov davomida oʻgʻirlik, firibgarlik jinoyatlari, mol-mulklarga taʼqiq qoʻyish va xatlash, garov ehtiyot chorasini qoʻllashda mol-mulklarni qabul qilish, saqlash va qaytarish amaliyoti hamda bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida bunday faoliyatni yanada jadallashtirish masalalari belgilab olindi.
Tadbir yakunida tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashining qarori qabul qilinib, masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Murodbek ZARIPOV,
mayor.
