Vatanparvarlik oyligi doirasida IIV Jizzax akademik liseyi oʻqituvchi va ishchi-xodimlari Samarqand shahriga sayohat qilishdi. Sayohat davomida ular Registon maydoni, Shohizinda meʼmoriy majmuasi, Goʻri Amir maqbarasi, Hazrati Xizr masjidi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi hamda Islom Karimov maqbarasiga borishdi. Sayohat davomida lisey jamoasi Samarqand shahridagi tarixiy obidalar haqida atroflicha maʼlumotga ega boʻlishdi.

Umid TOʻYChIEV,

IIV Jizzax akademik liseyi yoshlar yetakchisi.