IIV Xorazm akademik liseyining bir guruh oʻquvchilari “18 may - Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasiga tashrif buyurishdi.

 Oʻquvchilar bu yerda “Ichan qalʼa”ning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.

 - Muzeylar yoshlarimizning oʻtmish haqidagi tasavvurlarini boyitishda gʻoyat muhim ahamiyatga egadir, - deydi lisey direktorining oʻrinbosari, podpolkovnik Behzod Quryozov. - Ayniqsa, oʻquvchilarni madaniy, tarixiy va badiiy merosimiz, umumbashariy qadriyatlarimiz bilan tanishtirishda uning oʻrni beqiyosdir.

 “Maʼnaviyat oyligi” doirasidagi mazkur tadbir har bir oʻquvchida boy taassurotlar qoldirdi.

  Xudoybergan JABBOROV, 

  “Postda" muxbiri

  Xorazm viloyati.