Yurtimizda maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni rivojlantirish, buyuk allomalarimizning ilmiy asarlarini tadqiq qilish hamda uni keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni bunday nodir asarlardan bahramand etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Birlashgan tahririyati ham bu borada ibratli ishlarga qoʻl urdi. Tahririyat jamoasi tizimda faol ishlagan va ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriylar toʻgʻrisida turkum kitoblar chop etib kelyapti. Shulardan biri “Kadrlar xizmati fidoyilari” kitobidir. Mazkur kitob kadrlar yoʻnalishida uzoq va samarali xizmat qilgan faxriylarning bosib oʻtgan yoʻli hamda ish tajribalaridan hikoya qiladi.
Bugun IIV Buxoro akademik litseyida mazkur kitobning taqdimoti oʻtkazildi. Taqdimotda IIV Birlashgan tahririyati bosh muharrir oʻrinbosari, mayor Azizjon Fayziyev oʻquvchilarga kitob haqida va uning nima maqsadda chop etilgani xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
M.AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
