Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik liseyida 25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni hamda ushbu taʼlim muassasasining qayta taʼmirdan keyingi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik B. Torebekov, vazir oʻrinbosari, podpolkovnik Gʻ. Eshimbetov hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda ichki ishlar organlarini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli saʼy-harakatlar hamda kadrlar tayyorlash masalasiga berilayotgan alohida eʼtibor toʻgʻrisida taʼkidladi.
Shundan soʻng litsey oʻquvchilari mehmonlarga oʻzlarining koʻrgazmali chiqishlarini namoyish etishdi.
Shuningdek tadbir ishtirokchilari taʼlim va sport sohasida mazkur taʼlim maskani oʻquvchi-yoshlari qoʻlga kiritgan yutuqlar va ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishtirildi.
Azamat PIRNIYAZOV,
“Postda” muxbiri.
