Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligi hamda “Oʻzbekiston tarixi” fani oyligi doirasida IIV Jizzax akademik litseyida “Xalqimizning buyuk farzandi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir, shuningdek ijodkorning siyosiy faoliyati, hayoti hamda adabiy merosiga bagʻishlangan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi. 7 ta jamoa ishtirok etgan bilimlar bellashuvida “Turkiston” jamoasining qoʻli baland keldi. Keyingi oʻrinlar “Everest” va “Renesans”ga nasib etdi. Yakunda gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
