Buxoro viloyati Yoshlar markazida viloyat kuch ishlatar tuzilmalari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayramlari munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdoni” shiori ostida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Ushbu intellectual oʻyinda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli 7258-harbiy qism harbiy xizmatchilari oʻzlarining “Lochinlar” jamoasi bilan munosib ishtirok etishdi va faxrli ikkinchi oʻrinni egallashdi.

A.ELOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.