Jadidlar gʻoyalari Yangi Oʻzbekistonni barpo etish strategiyasi bilan hamohang.
Shavkat MIRZIYOYEV
XX asrning boshida oʻzining maʼrifatparvarlik faoliyati, fidokorona xizmatlari bilan milly taʼlim-tarbiya yaratish va yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini taʼminlashni ezgu maqsadi deb bilgan insonlardan biri Mahmudxoʻja Behbudiy boʻgan. U 1875-yilning 30-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxoʻja Urganchlik boʻlib Amir Shohmurod zamonida 1785-1800-yillarda Samarqandga kelib qolgan. 1894-yilda imom-xatiblik bilan shugʻullanib kelgan otasi Behbudxoʻja vafot etadi. Yosh Mahmudxoʻja qozi togʻasi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramogʻida oʻsib voyaga yetadi. Arab sarfu mahvini kichik togʻasi Mulla Odildan oʻrganadi. Uning 1901-yildan boshlab "Turkiston viloyati gazeti", Taraqqiy", "Xurshid", "Shuhrat", "Tajjor", "Osiyo", “Hurriyat”, “Turon”, “Sadoi Turkiston”, “Samarqand”, “Shoʻro”, “Vaqt”, “Oyna” kabi gazeta va jurnallarda maqolalari chop etilgan.
Behbudiy 1914-yilda “Samarqand” gazetasini chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida haftada ikki marta chop etildi. 45-soni chiqqach tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20-avgustdan u “Oyna” jurnalini chiqara boshladi. Behbdiyning yurt obodligi yoʻlida boshlagan ijobiy ishlardan biri Behbudiy kutubxonasining tashkil etilishi boʻldi. Behbudiy birinchilardan boʻlib Samarqandda kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Kutubxonada kitoblar fondi dastlab 200, keyinroq 225 jildga yetgan. Kutubxona ochilganidan 7oy oʻtib aʼzolar soni 125 kishiga yetadi. 1910-yillarga kelganda faoliyati soʻna boshlaydi. 1903-yili Behbudiy oʻz mablagʻi hisobidan jadid maktabini ochdi. Jadid Hoji Muin va Shakuriy maktabda dars bergan.
Behbudiy 72 kun umr koʻrgan Turkiston Muxtoriyatining parlamenti-Milliy majlis tarkibiga kiritilga edi. Oʻsha vaqtda zamonaning eng ilgʻor ziyolilari, taraqqiyparvarlaridan tashkil topgan Turkiston Muxtoriyatida maʼsul lavozimini egallash Behbudiyga faxr bagʻishlagan. Biroq qisqa muddatdan soʻng 1918-yilning fevralida bolsheviklar tomonidan Turkiston Muxtoriyati tarqatib yuborildi. Behbudiyning maʼrifatparvarlik goʻyalari, jamiyatni isloh qilish, jaholatga qarshi kurashish masalalaridagi fikrlari uning “Padarkush” asarida yorqin ifodalangan.
Behbudiy 1919-yil Qarshida sayohati davrida qoʻlga olindi va Said Olijoning buyrugʻiga binoan qatl etildi. Qarshi shahri 1920-1930-yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy nomi 1937-yilga kelib qatagʻon qilinadi va 1956-yilda oqlanadi. 1977-yil Behbudiyning Saylanmasi chop etildi. Ushbu toʻplam oʻz ichiga darslik oʻquv-qoʻllanmalarini olgan.
Rushana ROZABOYEVA,
Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikaysiyalar universiteti talabasi.
