Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Uchtepa tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan tumanida joylashgan IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchi-yoshlari uchun yurtimizning mard va fidoyi farzandlariga bagʻishlab yozilgan “Millat fidoyilari” kitobi-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida maktab oʻquvchilari va mehmonlar ushbu kitob orqali Vatan tinchligi, yurt ravnaqi yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizning hayot yoʻli, jasorati va sadoqati toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlishdi. Kitob yosh avlod qalbida vatanparvarlik, sadoqat va jasorat tuygʻularini mustahkamlashda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

 Oʻz muxbirimiz.

 Toshkent shahri.