IIV Oʻquv-dala markazida vazirlik Malaka oshirish institutining boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik tinglovchilari bilan “Abdulla Qodiriy istiqlol fidoyisi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Abdulla Qodiriyning nabirasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Sherkon Qodiriy, A.Qodiriy nomidagi Prezident maktabining 8-sinf oʻquvchisi, adibning evarasi Samariddin Qodiriy hamda isteʼfodagi podpolkovnik Hasan Abdurazzoqov ishtirok etishdi.

Unda Sherkon Qodiriy soʻzga chiqib, oʻzbek romanchilik maktabiga asos solgan, Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi, adabiyot olamidagi oʻrni, adabiy merosi, ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati borasida keng tushunchalar berib oʻtdi. Shundan soʻng, Institutning “Badiiy havaskorlar toʻgaragi” aʼzolari adibning soʻnggi kunlari toʻgʻrisidagi sahnalashtirilgan chiqishni namoyish qilishdi.

Tadbir yakunida Sh.Qodiriy tadbirni yuqori saviyada tashkillashtirgan Institut rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligini bildirib, sahna koʻrinishida ishtirok etgan tinglovchilarga “Qodiriyni qoʻmsab” kitobini esdalik sifatida tuhfa etdi.


IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.