Bugun IIV Madaniyat saroyida vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik!” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi.

Unda soʻzga chiqqan respublika Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi boʻlim boshligʻi Ilhom Abdullaev hamda mazkur agentlik yetakchi inspektori Sardorjon Mamanov va IIV Akademiyasi professori, polkovnik Sharif Qobilovlar bugungi kunda davlat va jamiyat taraqqiyotiga gʻov boʻlib kelayotgan ushbu illatning jirkanch koʻrinishlari toʻgʻrisida yigʻilganlarga batafsil maʼlumot berishdi.

Mazkur tadbirning toʻliq tafsiloti bilan gazetamizning navbatdagi sonida tanishasiz...