Qadimdan insonlar farzand tarbiyasiga katta eʼtibor qaratishgan. Chunki millatning taraqqiyoti yoki zavoli yoshlarning tarbiyasiga bogʻliq. 

IIV Madaniyat saroyida oʻtkazilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi”da ertamiz egalari – bolalar hamda farzand tarbiyasi xususida soʻz bordi.

Tadbirda soʻz olgan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Farzandnoma”, “Ota nega oʻz farzandiga tanbeh beradi?”, “Ummondan durlar” asarlari muallifi Obiddin Mahmudov oilada farzand tarbiyasi, uning xususiyatlari, muammolari hamda ota-onaning roli haqida batafsil toʻxtaldi.

Qiziqarli savol-javob tarzda oʻtgan tadbirda faol va bilimdon ichki ishlar organlari xodimlariga kitoblar sovgʻa qilindi.

Shuningdek, tadbir soʻnggida Ichki ishlar vazirligining “VSF-102” quvnoqlar va zukkolar terma jamoasi ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi.

Oʻz muxbirimiz