IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252-harbiy qismda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» munosabati bilan Samarqand harbiy prokuraturasi tergovchisi, adliya leytenanti Aybek Artikbayev ishtirokida profilaktik suhbat boʻlib oʻtdi.
Unda harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligni oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qonun oʻzgartirishlari shaxsiy tarkibga yetkazildi. Yaqinda boʻlib oʻtadigan referendumga tayyorgarlik koʻrish va konstitutsiyada oʻzgartilayotgan moddalar toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Mashgʻulot yakunida harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Adiz NARZIYEV,
Harbiy qism komandirining
tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,
podpolkovnik.
