IIV Navoiy akademik litseyi direktori, podpolkovnik YO. Axmedovning tashabbusi bilan 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Oʻksik koʻngillarga mehr ulashaylik” shiori ostida xayriya aktsiyasi tashkil etildi. Anʼanaga koʻra bu yilgi aktsiyada ham Navoiy shahrida joylashgan Koʻrishda imkoniyati cheklangan bolalar internatiga tashrif buyurilib, kam taʼminlanganlar roʻyxatida turuvchi 31 nafar oʻquvchiga issiq kiyimlar ulashildi. Qolgan oʻquvchilarga ham sovgʻalar, mevalar va shirinliklar hadya qilindi.
Shundan soʻng maktab-internat tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan “Yurakdan-yurakkacha” nomli sahna koʻrinishi yigʻilganlarga namoyish etildi. Ular akademik litsey jamoasiga sovgʻa-salomlar, eng muhimi esa eʼtibor uchun minnatdorchilik bildirishdi. Zero, bu foniy dunyoda kishidan mehr-muruvvat va yaxshilik qoladi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda”muxbiri.
Navoiy viloyati.
