Bugun IIV markaziy apparati xodimlari madaniy hordiq chiqarish hamda maʼnaviyati va maʼrifiy bilimlarini boyitish maqsadida poytaxtimizda joylashgan Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatriga borishdi.
Xalqimiz iborasi bilan aytganda, mazkur ibratxonada osoyishtaligimiz posbonlari uchun teatr ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan spektaklʼ namoyish etildi.
Jadid bobolarimiz hayotidan hikoya qiluvchi “Turkiston bolalari” nomli sahna asari zamirida yotgan oʻsha davrdagi ijtimoiy hayot, uning dolzarb masalalari, millat tarixida muhim oʻrin tutgan taqdirlar tomoshabinni oʻylashga, fikrlashga hamda chuqur mushohada qilib, undan ijobiy xulosa chiqarishga chorlaydi.
Binobarin, ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilgan ushbu spektaklʼ yakunida teatr ijodiy jamoasiga chuqur minnatdorlik bildirildi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
