Sen Xoʻjandsan,

Chingizlarga

Darvozasin ochmagan,

Temur Malik orqasidan

Sirdaryoga sakragan,

Muqannasan

qorachigʻiOlovlarga sachragan

Shiroqlarni koʻrgan

choʻponChoʻligʻimsan, Vatanim!

«Vatanim» sheʼrida shoir ona yurtiga cheksiz muhabbatni ifoda qilib, Temurmalik, Shiroq jasoratini, Balxda dorga osilgan Mashrab kimligini koʻrsatib beradi. Husayn Boyqaro yonida turib faqirlarga koʻmak bergan Navoiy bobomizning ezgu ishlaridan ruhlanadi. Kurdistonda Jaloliddin, Hindistonda Bobur asos solgan saltanatdan faxrlanadi. Ulugʻbek Mirzo qoldirgan ilmiy-ijodiy merosning davomchilari ekanini anglaydi. Axir, bizga mana shu ajdodlarimizning qoʻrqmasligi, qahramonliklari bugungi tinch-osoyishta, farovon hayotni, oʻz diyorimizda ozod va erkin yashash imkoniyatini bermadimi? Har bir insonning yuragining tubida, qonida vatanparvarlik bor. Chunki Vatanni sevish yo himoya qilish istagi hech qanday majburiyatlarga aloqasi boʻlmagan yuksak va tabiiy tuygʻu. Muhammad Yusuf bu haqda shunday deydi: «Sheʼr yozish ham oʻzing bilmay birovga yaxshilik qilishdek gap. Haqiqiy sheʼriyat hamisha oyoq ostida. Misralar qulundek tuproqqa agʻanab yotishibdi. Tur, toychoq, chopamiz, desang bas. Biz ham bir zamon bir oyoq ostiga boqib sheʼr topamiz. Keyin uning changini qoqamiz va qancha koʻp qoqsak – shuncha koʻp yoʻqotamiz...» Shoir uchun oʻzlikni anglash, ona tilining goʻzalligi va boyligini bilish manbasi uni ijod choʻqqisiga koʻtaradi. Masalan, Vatan soʻzi ustida Muhammad Yusufning yuragi oʻynab turadi. U tuygʻularini bezashga harakat qilmaydi. Buning keragi ham yoʻq. Uning tasavvurida Vatan timsoli allaqachon ideal. Kamchilik, illatlariga qaramay, har bir giyohi, daraxti, guli, toshini yaxshi koʻradi. Shundan sheʼrlariga muhabbat, gʻurur va hayrat singib ketgan.Yorugʻ yuzim,Koʻk yorishibKetgaydir bir jilmaysang,Dunyolarni oqqa oʻrabQoʻyganingni bilmaysan,Uyingda ham,Toʻyingda hamPaykalingni oʻylaysan,Sodda dil – imonim mening,Bobodehqonim mening...«Bobodehqonim» sheʼri ham qishloq odamlarining yorqin obrazi. U orol qurishi, oila, oʻzbek dehqonlarining qismati, milliylikka eʼtibor kamaygani, qay biri haqida qaygʻurmasin, xalqning yuragida joʻsh urgan kechinmalarni qalamga oladi.Shoir sheʼrlarining zamon bilan hamnafasligi va barhayotligi shundaki, u, birinchi navbatda, Vatanga «O, ota makonim» deb murojaat qiladi. Yer yuzidagi eng aziz va yaqin inson – «onasi»ga tenglashtiradi. Uni sevish va himoya qilishni muqaddas burch, deb biladi. Vatan bitta, deb hisoblaydi. Shoir uchun dunyoda Vatandan qimmatli va muhimroq narsa yoʻq. U hayotini usiz tasavvur qilolmaydi: Bildimki, baridan ulugʻim oʻzing,Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda baxmalda tugʻilgan qoʻzing,Arab ohusidan azizroq menga!Shoir «Oʻzbekiston» sheʼrini ham oʻzi sevgan Vatanga bagʻishlaydi. U mustaqil yurtni, ozod xalqni koʻrdi. Mustaqillik bayramlarida qoʻshiqlari baralla yangradi. Bu dorilamon kunlarni oʻzining emas, xalqining katta orzusi, hayotidagi muhim hodisa, deb biladi. Sheʼrlarining lirik qahramoni sayyohatga chiqqanda ham bir kun boʻlmay, oʻz uyini sogʻinadi. Shu kichik goʻsha orqali katta yurtni koʻradi, uning masʼuliyatini his qiladi. Inson qayerga bormasin, qanday oʻzgarmasin, uning yuragida qishlogʻi, ota-onasi, yor-u doʻstlariga boʻlgan muhabbat yashaydi. Aynan, shu mehr, oqibat, yurt sogʻinchi insonga kuch beradi. Bu balandparvoz gaplarmas, Muhammad Yusuf himoya qilgan oddiy haqiqatlar.