Eng ulugʻ va eng aziz bayrami­miz – Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi nishonlangan kunlarda oʻgʻlim Saidalixon Qalandar­xonov 

IIV Akademiyasi kursanti sifatida qasamyod qabul qildi. Ushbu tantanali tadbirda men ham ishtirok etdim.

Bu yilgi kursantlar qasamyodi Akademiyaning 30 yillik bayramiga toʻgʻri kelganligi bilan ahamiyatlidir. Oʻtgan 

30 yil mobaynida huquqni muhofaza qilish organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda va tinchlik-barqarorlik, xavfsizlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynayotganligini yaxshi bilamiz.

Birinchi bosqich kursantlari qatori oʻgʻlim ham IIV Oʻquv-dala markazida bir oydan ortiq vaqt mobaynida maʼnaviy qadriyatlarni shakllantiradigan tarbiyaviy ishlar oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etdi. Shu qisqa vaqt ichida uning jismonan toblanganini, harbiy intizomni puxta oʻzlashtirganini, mustaqil fikrlay ola­digan vatanparvarga aylanganini his qildim. 

Akademiyada zamonaviy oʻquv dasturlari asosida amaliyotga yaqin oʻquv mashgʻulotlar va ilmiy ishlar olib borilayotgani quvontirdi. Ushbu bilim maskanida farzandlarimiz eng ilgʻor xorijiy tajribalarni ham oʻrganishiga ishonaman.

Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt joriy etilayotgani taʼlim jarayonining samaradorligini yanada oshiradi. Ilgʻor pedagogik texnologiyalar imkoniyatlari Akademiyada ham keng tadbiq etilganligini koʻrmoqdaman. 

Oʻzining 30 yillik tarixida katta yutuqlarga erishgan IIV Akademiyasi kelajakda ham shu yoʻna­lishda ildam rivojlanishini istab qolaman.

Muhabbat HASANOVA.