Kuni kecha IIV Madaniyat saroyida mazkur mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Shu munosabat bilan soʻzga chiqqan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Obiddin Mahmudov ham barcha shaxsiy tarkibni yaqinlashib kelayotgan istiqlolimizning 30 yillik yubileyi bilan samimiy qutlab, ichki ishlar organlari xodimlarining mamlakatimiz Mustaqilligini yanada mustahkamlash borasidagi tinimsiz saʼy-harakatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek notiq, ona Vatanimiz ozodligi va uning istiqboli yoʻlida dushman bilan tinimsiz kurashib, kerak boʻlsa, jonini ham fido qilgan buyuk ajdodlarimizning tarixiy jasoratlarini misollar yordamida keltirib oʻtdi. Shu bilan birga, bugungi yangi Oʻzbekiston deya atalmish, ona zaminimizda yurtdoshlarimiz tomonidan qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar va ularning jahon hamjamiyati tomonidan munosib eʼtirof etilayotganini faxr bilan tilga oldi. Adibning “Farzandnoma” kitobi asosida tayyorlangan videoroliklar tadbirga yanada koʻtarinkilik bagʻishladi.
Bayramona ruhda oʻtgan ushbu tadbir yakunida esa, badiiy soʻz ustasi Avazbek Azizoxunovning ichak uzdi hangomalari yigʻilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.