Tanlovning Fargʻona viloyati bosqichi natijalariga koʻra, Bagʻdod tumanidagi «Guliston» MFY hududiga xizmat koʻrsatuvchi mahalla huquq-tartibot maskani profilaktika inspektori, kapitan Ikromjon Sotivoldiyev faxrli 1-oʻrinni, Fargʻona shahar «Shodiyona» MFY hududiga xizmat koʻrsatuvchi mahalla huquq-tartibot maskani profilaktika inspektori, mayor Dilshodbek Ismoilov 2-oʻrinni, Oʻzbekiston tumani «Oxta Tagob» MFY hududiga xizmat koʻrsatuvchi mahalla huquq-tartibot maskani profilaktika inspektori, katta leytenant Bunyodjon Joʻrayev esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bir qator nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

Oʻz muxbirimiz.