Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyining bir guruh faol oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarixi muzeyi va vazirlikning Tergov departamentiga tashrif buyurdi.
Muzeyda oʻquvcilarga ichki ishlar organlarining uzoq tarixiy faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Shundan soʻng ular IIV Tergov departamenti faoliyati va sohaga oid yangiliklar bilan tanishishdilar.
Tadbir soʻngida Tergov departamenti maʼrifat xonasida vazir oʻrinbosari, polkovnik Y. Abdulxakov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Vazir oʻrinbosari oʻquvchilarga kelgusidagi oʻqish va ishlarida omadlar tilab, buning uchun fanlarni chuqur oʻzlashtirish, xorijiy tillarni bilish va badiiy kitoblarni koʻproq mutolaa qilish zarurligini uqtirib oʻtdi.
