Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida “Namunali oila” koʻrik-tanlovining dastlabki (hududiy) bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Tanlovda 13 ta oila 3 ta shart boʻyicha bahslashdi. Yakuniy natijalarga koʻra, 3-oʻrinni Sardoba tumani IIBdan Boboyevlar oilasi, 2-oʻrinni Sirdaryo tumani IIBdan Egamberdiyevlar oilasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, faxrli 1-oʻrinni Guliston shahar IIBdan Umarovlar oilasi egallab, tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Gʻolib jamoalar Boshqarma boshligʻining diplom hamda esdalki sovgʻalari bilan taqdirlandilar. 

Nigora MAMAYUSUPOVA,

Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshligʻining XQMB oʻrinbosari, mayor.