Joriy yilning 15-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 15-fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Namunali oila” koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 37-son buyrugʻi talablari asosida “Namunali oila” koʻrik tanlovining qoʻmondonlik miqyosidagi II-bosqichi oʻtkazildi.

 Tanlovni yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida tayinlangan komissiya tarkibi tomonidan ishtirokchilarning har bir shart boʻyicha topshirgan sinovlari baholanib borildi. 

 Tanlov hayʼat aʼzolari tomonidan ochiqlilik, shaffoflik hamda holisona, adolat prinsiplariga rioya etgan holda tashkil etildi. 

     Unda ishtirokchilar koʻrik tanlovning “Tanishtirish”, 

“Bu mening oilam nomli eng yaxshi fotosurat va videorolik” va “Biz kitobxon oilamiz” shartlariga koʻra oʻzaro bellashdilar.

 Tanlovda jami 10 nafar harbiy oilalar ishtirok etishdi. Munozara va murosaga boy oʻtgan ushbu tanlovda 129 ballni qoʻlgan kiritgan Andijon shahridagi 7553 harbiy qism 3 gurux nazoratchisi kichik serjanti Boboxoʻjayev Azizjon Alijonovichlar oilasi faxrli uchinchi, 130 ballni qoʻlga kiritgan Qarshi shahridagi 7533 harbiy qism taʼminot bataloni 1-avtomobil guruxi haydovchisi I darajali serjant Xudoyorov Abror Choriyevichlar oilasi ikkinchi va 144 ballni qoʻlga kiritgan Toshkent shahridagi 7534 harbiy qism taʼminot bataloni vzvod komandiri kapitan Axmedov Xamidullo Neʼmatilla-yevichlar oilasi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

 Tanlov yakunida barcha shartlarni muvaffaqiyatli topshirib, yuqori ball toʻplangan harbiy oilalar qoʻmondonlikning diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.


Oʻz muxbirimiz