Yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-oʻquv kursi kursantlarining ish oʻrganish amaliyotiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov, vazir oʻrinbosari, polkovnik I.Axmedov hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasi oʻqituvchilari, Oʻzbekisiton Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi masʼul xodimlari, kursantlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Unga koʻra, 40 nafar kursant yashash hududlari boʻyicha mutaxassisliklariga mos ravishda malakali xodimlarga biriktirildi.
Shuningdek, yigʻilishda soʻzga chiqqanlar malakaviy amaliyotni toʻgʻri tashkil etish, kursantlarning egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda xizmat intizomiga rioya qilishi yuzasidan yoʻriqnomalar oʻtishdi.
Shu bilan birga, akademiyada oʻqish davomida safdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan bir guruh kursantlarning ota-onalariga mazkur taʼlim muassasasi rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
