Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 45-sonli “Nurli maskan” maktabida Ichki ishlar vazirligi, Jamoat xavfsizligi departamenti, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining “Nurli maskan orzulari” nomli 10-respublika forumi oʻtkazildi.
Forumda Ichki ishlar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari, respublikadagi barcha “Nurli maskan” maktab-internati direktorlari va ichki ishlar organlaridan biriktirilgan xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirda “Nurli maskan” maktab-internati oʻquvchilari tomonidan qoʻl mehnati bilan yasalgan koʻrgazmalar namoyishi oʻtkazildi.
Shuningdek, maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan qoʻshiq va sheʼrlar, badiiy chiqishlar forum qatnashchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.
G. Buvamirzayeva,
oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
