Viloyat IIBda “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda boshqarma boshligʻining tegishli buyrigʻi bilan viloyat IIB Axborot xizmati, YHXB hamda Qoʻriqlash boshqarmasi matbuot guruhi xodimlari pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shundan soʻng aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazib berish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sohalarda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar, manzilli ishlarni matbuot, televidenie, radio va internet sahifalarida faol targʻib etishga benazir hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga boshqarma boshligʻining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

M.AHADOV,

oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.