14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi. Vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan IIV Jizzax akademik liseyi oʻquvchilariga ichki ishlar organlari xodimlari foydalanuvidagi texnika va vositalar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Shuningdek, yoshlar xodimlarning xizmat sharoitlari bilan tanishdilar.

Umid TOʻYChIEV,

IIV Jizzax akademik liseyi yoshlar yetakchisi.