“Maʼnaviyat oyligi” doirasida IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy hudud 13-son jazoni ijro etish koloniyasida kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Unda xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan turli janrlardagi kitoblarni xarid qilishdi.
Shuningdek, mazkur muassasada “Zukko kitobxon” tadbiri ham boʻlib oʻtdi. Unda ayni kunda ushbu koloniyada oʻquv amaliyotini oʻtayotgan IIV Akademiyasining 1-bosqich kursantlari ishtirok etishdi. Kursantlar orasida har bir savolga zukkolik bilan javob bergan Oʻgʻiloy Rahmonova tanlov gʻolibi deb eʼlon qilindi. Ikkinchi oʻrin Samariddin Doʻsmatovga, uchinchi oʻrin esa Muraddin Omongaldievga nasib etdi.
Tojixoʻja OSPANOV,
kapitan.
