Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Chirchiq shahrida joylashgan 7535-harbiy qism hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida “Ona Vatanimga tayanchman” nomli tadbir boʻlib oʻtdi.
Mazkur taʼlim muassasasiga kelgan osoyishtaligimiz posbonlari va ularning oila aʼzolari dastlab, u yerda talabalarning oʻqishi va yashashi uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar hamda universitet hayotidan hikoya qiluvchi muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Shundan soʻng, mehmonlar uchun konsert dasturi namoyish etilib, oila yumushlari va farzandlar tarbiyasida oʻzining beminnat xizmatini ayamay kelayotgan bir guruh vatanimiz himoyachilarining turmush oʻrtoqlariga harbiy qism qoʻmondonligining tashakkurnomalari topshirildi.
Shuningdek, koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir davomida mazkur taʼlim dargohida faoliyat koʻrsatayotgan sport toʻgaraklariga qatnashish maqsadida yurgan harbiy xizmatchilarning farzandlarining ham orzusi amalga oshdi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.