Poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan 168-sonli umumtaʼlim maktabida ham «Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi» shiori ostida «Diqqat, bolalar!», «Eng namunali yoʻlovchi», «Yashil chiroq» va «Yoʻl harakati qoidalari bilimdoni» nomli koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Tanlov bir necha shartlardan iborat boʻlib, barcha ishtirokchilar faol ishtirok etdi. Eng faol ishtirok etgan oʻquvchi va jamoa aʼzolariga esdalik sovgʻalari topshirildi. Bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Sarvar SOBIROV,

«Postda» muxbiri.