Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tashabbusi bilan IIV Surxondaryo akademik litseyining bir guruh oʻquvchilari yangi qurib bitkazilgan viloyat IIB XTTB binosiga tashrif buyurdi. Bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, boshqarmadagi mavjud zamonaviy texnikalar, situasion markaz faoliyati, xodimlar tomonidan amalga oshirib kelinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar taqdimot shaklida tanishtirildi. 

Shuningdek, litsey oʻquvchilari Termiz tumani hududida joylashgan “Sulton Saodat” majmuasi hamda Termiz shahridagi “Tarix va madaniyat muzeyi”da ham boʻlib, majmua tarixi va muzeyda saqlanayotgan tarixiy buyumlar, noyob sanʼat asarlari bilan tanishdilar. Biryoʻla milliy urf-odatlarimiz va tariximiz haqida qimmatli maʼlumotlar berildi.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.