IIV Jizzax akademik liseyi oʻquvchilari viloyat markazidagi Sharof Rashidov yodgorlik muzeyiga sayohat uyushtirishdi. Tadbirda yoshlar atoqli davlat arbobi va yozuvchining hayoti hamda faoliyatiga oid eksponatlar bilan tanishdilar. Ularga Sharof Rashidovning asarlari hamda Oʻzbekistonda iqtisodiyot, sanʼat va adabiyotni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi haqida maʼlumot berildi.

 Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.