“Maʼnaviyat oyligi” munosabati bilan IIV Buxoro akademik liseyning bir guruh oʻquvchilari Buxoro shahrining tarixiy obidalariga sayohat qilishdi. Oʻquvchilar tarixiy Ark qalʼasi, Poyi Kalon, eski shaharlarda boʻlib, u yerdagi tarixiy eksponatlar bilan tanishdilar. Bundan tashqari, oʻquvchilar shahrimizga tashrif buyurgan bir qancha davlatdagi sayyohlar bilan ham tanishib, oʻzaro doʻstona muloqotda boʻlishdi.
Bu kabi tashkil etilgan maʼnaviy tadbirlar oʻquvchilarni milliy qadriyatlarimizga, ulugʻ ajdodlar merosiga hurmat, mustaqil Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
D.TOSNEVA,
Buxoro viloyati.
