IIV homiyligiga berilgan Buxoro shahridagi 24-sonli “Nurli maskan” tarbiyalanuvchilariga masʼul etib biriktirilgan viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda hududiy Ichki ishlar organlari rahbar xodimlari ham yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda, bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoit yaratish, qiziqishlari boʻyicha toʻgʻri yoʻnaltirish, sportga jalb qilish kabi masalalar doimiy diqqat markazida boʻlmoqda.

Masʼullar tomonidan internatda taʼlim sifatini yaxshilash, bilim olish, foydali mehnat bilan shugʻullanishi hamda ijtimoiy himoyasini taʼminlash, munosib turmush sharoitlarini yaratib berishga doir keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, mustaqil boshqarma va sohaviy xizmat boshliqlari, shuningdek, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan maskanda tahsil olayotgan 269 nafar oʻquvchilar xonadonlariga borildi. Oʻquvchilarning yashash sharoitlari yaqindan oʻrganildi va bayram sovgʻalari ulashildi.

Jamol NEMATOV,

leytenant.

Buxoro viloyati.