18-may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan IIV markaziy apparati xodimlari va ularning farzandlari hamda taʼlim muassasalarining kursant va oʻquvchilari ishtirokida vazirlik Jar sport-sogʻlomlashtirish majmuasida joylashgan Ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Ular bu yerda tizim tarixi, sohada olib borilgan keng qamrovli islohotlar samarasi hamda mashaqqatli xizmatlari davomida yuksak hurmat-eʼtiborga munosib topilgan faxriylarning ona Vatanimiz tinchlik-osoyishtaligi yoʻlidagi fidoyi xizmatlari haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Shuningdek, bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham maʼnaviyat maskani xodimlaridan atroflicha javob olishdi.

Oʻtkazilgan mazkur tadbir orqali mamlakatimiz ichki ishlar organlari oʻtmishi va bugungi kuni haqida yanada keng tasavvurga ega boʻldim, deydi IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qism tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha katta yoʻriqchisi, kichik serjant Abduhamid Ollayorov. Shu sababli ham muzeylar soha tarixi haqida hikoya qiluvchi muhim maskan ekanligiga yana bir bor amin boʻldim.

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.