Mashhur yozuvchilardan biri kitoblarni ovossiz muallimlar, deya taʼriflagani rost. Chunki ular bizga doʻst boʻlish bilan birga hayotni ham oʻrgatadi. 

Bugun kitob mutolaasiga urgʻu berilayotganini maʼnaviyatli, oʻzini va oʻzligini anglagan avlodni shakllantirish uchun qilinayotgan ezgu saʼy-harakatla sifatida baholash joiz. Surxondaryo viloyati IIB bu borada boshqalardan ortda qolayotgani yoʻq. Boshqarmada tez-tez kitob yarmarkalari tashkil etib turilibdi. 

Yaqinda tashkil etilgan navbatdagi yarmarkada viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari oʻzlari va oila aʼzolari uchun turli adabiyotlarni xarid qilishdi. Hatto ular boshqarma kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilishdi.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda”muxbiri.

Surxondaryo viloyati.