“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Peshku tumani IIB tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ikki marotaba “Kitobxonlik haftaligi”, bir marotabadan “Kitob yarmarkasi”, tarixiy kitobning taqdimoti, “Uch avlod uchrashuvi” va davra suhbatlari oʻtkazildi.

Shuningdek, “Teatr haftaligi” doirasida teatrlarga tashrif buyurildi, “Maʼnaviyat marshruti” boʻyicha loyihada koʻrsatilgan turli xil qadimiy obida va ziyoratgohlarga hamda muzeylarga borilib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Rajab SHAROPOV,

kapitan.

Buxoro viloyati.