IIVning 1-sonli Toshkent akademik liseyi oʻquvchilari oʻrtasida “Oʻzbek tilim – iftixorim” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi. Tanlov jarayonida oʻquvchilarga ona tilining keng imkoniyatlaridan samarali foydalanishda bir qator tavsiyalar ham berib oʻtildi. Oʻz iqtidoriga ega oʻquvchi-yoshlar tomonidan yozilgan insholar oʻzbek tilining naqadar maftunkorligi, maʼnaviy ozuqaga va tilsimlarga boy til ekanligini yana bir bor namoyon etdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻtkazilgan tanlov yakuniga koʻra oʻz intellektual salohiyatiga koʻra yuqori natijalarga erishgan oʻquvchi-yoshlar munosib tarzda ragʻbatlantirildi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.