“Quvnoqlar va zukkolar —2023” Oliy ligasi gʻolib va sovrindorlari aniqlandi.

Poytaxtimizda oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda korxona va tashkilotlar yoshlari oʻrtasida anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi Oliy ligasining final bellashuvi boʻlib oʻtdi.

Hazil-mutoyiba, shiddat va original chiqishlarga boy boʻlgan bahs yakunida Ichki ishlar vazirligining “Patrul” jamoasi 2-oʻringa loyiq deb topilib, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 100 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlov gʻoliblariga QVZ koʻchma-kubogi topshirildi.