Oʻzbek tiliga davlat tili maqomiga berilgan kun munosabati bilan Nukus shahridagi 7261-sonli harbiy qismda «Qadring baland boʻlsin, ona tilim!» shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarga oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi tarixiy hujjatli filʼmlar va koʻrgazmali sahna koʻrinishlari orqali namoyish etildi.

Abbos BEKNAZAROV,

kapitan.