Pastdargʻom tumani Juma shahrida joylashgan 1-BOʻSMda, tuman uchinchi sektor rahbari, Yoshlar ishlari agentligi, hokim yordamchilari hamkorligida “Qadriyat, urf-odat, anʼana va yoshlar” mavzusida festival oʻtkazildi.
Tadbirda “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” loyihasi doirasida yurish marafoni boʻlib oʻtdi, deya xabar qiladi viloyat IIB Axborot xizmati.
Festivaldan koʻzlangan maqsad – oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy anʼanalarimiz, qadriyat va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat, Vatanga sadoqat kabi olijanob tuygʻularini shakllantirish, ularni “ommaviy madaniyat” xurujlaridan asrash, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-madaniy taraqqiyotiga oʻz hissalarini qoʻshayotgan iqtidorli va isteʼdodli ijodkorlar, ijtimoiy faol navqiron avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning maʼnaviy barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishlari, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishiga koʻmaklashishdan iborat.
Gulnoza TURGʻUNBOYEVA,
«Postda» muxbiri.
Samarqand viloyati.
