Navroʻz bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida xalq sayillari, bayramlar boʻlib oʻtmoqda. Bayram tantanalarida fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash, koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibot idoralari va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, bayramni tinch-osuda oʻtishi uchun xizmat qilmoqda.
Qarshi shahridagi amfiteatrda, Alisher Navroiy nomidagi istirohat bogʻi, “Qashqadaryo sohili” xiyobonida oʻtgan bayram tadbirlarida xodimlar jamoat tartibini namunali saqlab, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash bilan birga, aholining Navroʻz saylini maroqli oʻtkazishi uchun kamarbasta boʻldilar.
Shuningdek, vohaning shahar-tumanlarida, mahalla va qishloqlarida boʻlayotgan Navroʻz sayillarida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoʻl harakati qoidalariga rioya etish yoʻnalishida aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishayotir.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
