Qiziriq tumani IIBda Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasidagi ushbu tadbirda hududdagi 23-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari tuman IIBga kelib, bu yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida oʻquvchilarga tuman tarixi, boʻlim faoliyati haqida maʼlumot berildi. Shu bilan birga, kelajakda ichki ishlar organi xodimi boʻlishni niyat qilgan oʻquvchilarga kerakli yoʻl-yoʻriq koʻrsatildi. Ayniqsa, koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻquvchilar uchun qiziqarli kechdi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
