IIV xalqaro aeropotrtlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda shaxsiy tarkib oʻrtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash borasida yuzaga kelayotgan masalalarga aniqlik kiritish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda IIV xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik Sh. Xudaynazarov, harbiy qism komandiri, podpolkovnik U. Axmedov, qoʻmondonlik kadrlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik X. Toshpoʻlatov ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar hozirda harbiy xizmatchilar oʻrtasida sodir boʻlayotgan qonunbuzilish holatlari, jinoyatlar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtishdi. Tadbir yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha bir qator dolzarb vazifalar belgilandi.

Boburjon MOʻNISOV, 

harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik.

Namangan viloyati.