Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti yaqinda oʻzining tashkil topganining 5 yilligini nishonladi. Bu bilim dargohida mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari va jamiyatimiz taraqqiyotga kelajakda munosib hissa qoʻshadigan koʻplab mutaxassis yoshlar tahsil olayapti.
Hurmatli Sherzodxon Qudratxoʻja! Soha uchun malakali kadrlar tayyorlashda, shubhasiz, universitet rektori sifatida Sizning ham munosib oʻrningiz bor. Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy tabriklaymiz, uzoq umr, baxt-saodat, yurt ravnaqi va farovonligi yoʻlidagi ezgu hamda sharafli faoliyatingizda zafarlar tilab qolamiz.
Yaqinda “Hurriyat” gazetasiga bergan intervyungizda taʼkidlaganingizdek, bosma OAV oldida talaygina muammolar turibdi. Siz rahbarlik qilayotgan universitetni, xususan Bosma nashrlar fakultetini bitiradigan jurnalistlar kelgusida bu muammolarni hal qilishga, xususan kolloboratsiya-uzviylik, bir-birini qoʻllov tizimini amaliyotga joriy etishga munosib hissa qoʻshishiga tilakdoshmiz.
IIV Birlashgan tahririyati jamoasi.
