Ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tayyorgarligi va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida xodimlar oʻrtasida turli sport musobaqalari va koʻrik-tanlovlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, tizimdagi iqtidorli xodimlarni aniqlash, ularning intellektual bilimini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish, faol tashabbus va takliflarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Yaqinda ushbu koʻrik-tanlov Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida oʻtkazildi. Unda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va tinchlik-osoyishtalikni saqlashga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir qator xodimlardan iborat 4 ta, yaʼni “Beklar”, “Barsa kelmas”, “Ichki ishlar” va “Uch avlod” jamoalari ishtirok etdi.
Koʻrik-tanlovda jamoalar ikki shart boʻyicha bellashdi. Tanishtiruv va xizmat davomida sodir boʻlgan qiziqarli voqealarni madaniyatli tarzda koʻrsatib berish shartlari boʻyicha jamoalar chiqishlari hayʼat aʼzolari tomonidan xolis baholab borildi. Unga koʻra, birinchi oʻrinni “Ichki ishlar”, ikkinchi oʻrinni “Uch avlod”, uchinchi oʻrinni esa “Barsa kelmas” jamoalari egalladi.
Gʻolib jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Baxtibay QULMURATOV,
podpolkovnik.
