Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda ishtirokchilar test va savol-javoblar, ogʻzaki suhbat, jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajalarini aniqlashga qaratilgan sinovlar topshirishdi.
Tanlov natijalariga koʻra, Qorakoʻl tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik Jamshid Rasulov 1-oʻrinni egalladi va tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Olot tumani IIB boshligʻi podpolkovnik, Jamshid Tangriyev ikkinchi oʻrin, Qorovulbozor tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik Farhod Vafoyev uchinchi oʻringa loyiq topildi.
Gʻoliblar diplom va pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.
U.OʻTAYEV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
