Viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlar uchun «Kitob yarmarkasi» tashkil etildi. Xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va malakasini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish, ularda boy madaniy merosimiz, tarixiy anʼanalarimiz, umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat hissini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan yarmarkada xodimlar oʻzlari sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va adiblarning sara ijod namunalarini xarid qilishdi. Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan kutubxonaga ham esdalik sifatida kitoblar sovgʻa qilindi.
Oʻz muxbirimiz,
Surxondaryo viloyati
