Bugun IIV Madaniyat saroyida vazirlik markaziy apparati xodimlari hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirokida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi.

“Saylov huquqi: inson qadriga yuksak eʼtibor” mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda soʻz olgan Markaziy saylov komissiyasi kotibi, yuridik fanlar doktori, professor Xudoyor Mamatov joriy yilning 27-oktyabr kuni mamlakatimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga oid barcha maʼlumotlar bilan batafsil tanishtirdi. Shuningdek notiq, yurtimiz saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisida ham alohida taʼkidladi.

Qiziqarli va mazmunli oʻtgan mazkur yigʻilish yakunida osoyishtalik posbonlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassis tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Oʻz muxbirimiz.