Yurtimizdagi oʻzining uzoq tarixiga ega shaharlardan biri Shahrisabzdir. Shu sababli, bu yerdagi shonli oʻtmishimizdan hikoya qiluvchi obidalardan sayyohlar qadami uzilmaydi. Ayniqsa, “Oqsaroy” barchani oʻziga maftun etadigan qadamjolardan hisoblanadi.

Qadimiy va navqiron bu yurtga kelayotgan sayyohlar xavfsizligini taʼminlash, ular bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi osoyishtalik posbonlari tomonidan ham koʻplab targʻibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

Oʻtkazilayotgan ana shunday saʼy-harakatlar samarasi oʻlaroq, hudud osoyishtaligi taʼminlanib, yurtimiz va xorijlik mehmonlarning xotirjamligiga sabab boʻlayotir.

Oʻtkir XUSANOV,

serjant.