Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Konstitusiyamizning 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda boshqarma rahbariyati, shaxsiy tarkibi va faxriylar ishtirok etdi.
Bayram tadbirini ochib bergan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvohid Ismoilov ishtirokchilarni qutlugʻ sana munosabati bilan tabriklab, har bir fuqaroning qonuniy haq-huquqlari Konstitusiyamizda mustahkam belgilab berilgani, barcha islohotlar «Inson qadri uchun» degan ezgu tamoyil asosida olib borilayotganini eʼtirof etdi.
Qonun ustuvorligini taʼminlashda, tinchlik va osoyishtalikni saqlashda fidoyilik koʻrsatgan surxondaryolik 49 nafar ichki ishlar organi xodimi, 2 nafar faxriy hamda bir nafar IIV Surxondaryo akademik liseyi oʻqituvchisi Prezident farmoni bilan taʼsis etilgan «Oʻzbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Tadbir davomida polkovnik A.Ismoilov esdalik nishonlarini oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Shu bilan birga, fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashda alohida oʻrnak boʻlgan 47 nafar xodim pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri,
Surxondaryo viloyati
